Do‘stlar, mutaxassislar kelajakni biroz “qorong‘i” tasvirlab berdi: 2050-yilda o‘rtacha influenser qanday ko‘rinishi mumkinligini tasavvur qilib ko‘rdilar va natija sizni biroz hayratda qoldirishi mumkin!
Kelajakdagi modelga “Ava” deb nom berishdi. U — notekis teriga ega, biroz bukchaygan, uchi o‘tkir iyakli va… charchoq alomatlari aniq ko‘rinib turgan. 🤯

Bu hammasi nimadan? — deb so‘rasangiz, javob aniq: filtrlar, uzluksiz kontent yaratish, smartfonga bukchayib qarash va cheksiz ish soatlari!
Tadqiqotlarga ko‘ra, bugungi influenserlarning ko‘pi haftasiga 90 soatgacha ishlashadi va vaqtlarining asosiy qismini telefonlariga egilib o‘tkazishadi. Natijada esa tanada ham, yuzda ham o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. 😬
Mutaxassislarning aytishicha:
“Ava — influenserlarning odatlaridan kelib chiqqan umumiy natijadir.”
Ya’ni, doimiy filtrlash, tungi montajlar, telefonga tikilish va “like” ortidan quvish — kelajakda tashqi ko‘rinishga bevosita ta’sir qilishi mumkin.
Xullas, “Ava” bizga bir narsani eslatib qo‘ymoqda: self-care shart! 🧘♀️✨