Justin Biber yana bir bor muxlislarini xursand qildi! Kanadalik 31 yoshli qo‘shiqchi juma oqshomini rafiqasi Haileyning jozibali suratlarini Instagram sahifasida ulashishga bag‘ishladi — natijada izohlar to‘lqinida “aww” va “so cute” izohlari ko‘paydi.
Rasmda Hailey yashil rangdagi Gucci brendining arxividan olingan bluzkasida ko‘rinadi. Justin esa suratga “mindblown” emojisini qo‘yib, juftlik orasida muammolar borligi haqidagi mish-mishlarga nuqta qo‘ydi. Muxlislar esa izohlarda uni bevosita “rafiqasiga oshiq” deb yozishdi.

Bu voqea, Justinning yangi albomi “SWAG II” chiqqanidan keyin sodir bo‘ldi. Albomning birinchi qismidagi “Go Baby” qo‘shig‘ida esa Hailey haqida so‘z yuritiladi:
“Bu mening sevgilim, u afsonaviy, iPhone g‘ilofi, lab bo‘yog‘i unda” — ya’ni Hailey’ning mashhur RHODE lip gloss telefon g‘ilofiga ishora qilinadi.
💬 Haqiqatan ham Justin muxlislari uchun romantik shou qilmoqda: siz bu juftlikni qanday baholaysiz? ❤️