MTV Video Music Awards har yili qizil gilamni modaning eng jasur, eng kutilmagan lahzalari bilan to‘ldiradi. Eslaysizmi, Ledi Gaga “go‘sht” libosida chiqqanida yoki Britni Spirs ilon bilan sahnaga chiqqanida hamma gapirgandi? Shu kabi esda qolarli moda momentlari bu yil ham takrorlandi!
Nyu-Yorkdagi tadbirda qizil gilam ustida shaffof liboslar, ich kiyimlarini ko‘rsatib turadigan obrazlar va retro uslubdagi moda namoyishlari bilan tomoshabinlar hayratda qoldi. Har bir chiqish “bold” va “riskli” bo‘lishi bilan ajralib turdi.

Natijada, 2025-yilgi qizil gilam tomoshasi nafaqat go‘zallik va jasoratni balki moda tarixiga hurmatni ham birlashtirib berdi. Agar siz ham moda va trendlarni sevuvchilar qatoriga kirgan bo‘lsangiz, bu yilgi VMA qizil gilamini tomosha qilmasdan o‘tkazib yubormang!