Turk seriallarining malikasi, go‘zalligi bilan nafasni to‘xtatadigan, aktyorlik mahorati bilan millionlarni ekran qarshisida mixlab qo‘yadigan Tuba Büyüküstünni (Buyukustun) tanimaydigan bormi? ? Keling, Tubani yaqindan tanib, uning ijodiy yo‘lini ko‘zdan kechiramiz!
? Qayerda tug‘ilgan va ta’lim olgan?
?1982-yil 5-iyulda Istanbulda tug‘ilgan. Ta’limini “Mimar Sinan Go‘zal San’atlar Universiteti”da “Sahna dekorlari va kostyum dizayni” yo‘nalishida tamomlagan. Ammo taqdir uni kostyum emas, to‘ppa-to‘g‘ri bosh rol aktrisasiga aylantirdi! ?
Universitet davrida reklama roliklarida ko‘rinish bera boshlagan Tuba tez orada kashf qilindi va qisqa vaqt ichida seriallarning porloq yulduziga aylandi. ?

? Seriallar bilan yuksalgan faoliyati
? 2003-yilda “Sulton Maqomi” (Sultan Makamı) bilan kichik bir start qildi.
? 2004-yilda “Chambarimda Gul” (Çemberimde Gül Oya) serialida “Zarife” obrazi bilan hammaga tanildi.
? 2005-yilda (Ihlamurlar Altında) orqali Turkiya xalqining yuragidan joy oldi. ?
? 2007-yilda “Osiyo” (Asi) seriali bilan Yaqin Sharqda bo‘ron kabi esdi va Arab dunyosida “afsona” darajasiga ko‘tarildi.
Hattoki ? Asi Monte-Karlo Televizion Festivalida mukofotga nomzod bo‘ldi! ?

? Kino olamidagi yulduzligi
Tuba nafaqat seriallarda balki katta ekranda ham porladi:
? Dadam va O‘g‘lim – Babam ve Oğlum (Çağan Irmak klassikasi ❤️)
? Imtihon – Sınav (Jean-Claude Van Damme bilan bir filmda!)
? Yuragingdan so‘ra – Yüreğine Sor (birinchi bosh rol filmi)
? Istanbul qizili – İstanbul Kırmızısı (Ferzan Özpetek uslubi bilan)
? Xalqaro yutuqlari
Tuba faqat Turkiyada emas balki boshqa mamlakatlarda ham mashhur. ? 20 Dakika serialidagi roli bilan “Emmy” mukofotiga nomzod bo‘lgan birinchi turk aktrisasi bo‘ldi. ?? Shuningdek, “UNICEF” Turkiya Yaxshi Niyat Elchisi sifatida ijtimoiy loyihalarda ham faol. ?

? Shaxsiy hayoti
2011-yilda aktyor Onur Saylak bilan Parijda turmush qurgan. ??
2012-yilda esa egizak qizlari – Maya va Toprak dunyoga keldi. ?
Ammo ertak 2017-yilda tugadi va juftlik ajrashdi. ?

? Hozir u qayerda?
Oxirgi marta Netflix seriali Zeytin Ağacı’da “Ada” obrazi bilan ekranlarda ko‘rindi. ? Hali ham go‘zalligi, iste’dodi va nazokati bilan barchaning yuragini zabt etishda davom etmoqda.
? Xulosa qilib aytganda, Tuba Büyüküstün (Buyukustun); ✨
Go‘zallik + iste’dod + xalqaro yutuqlar = haqiqiy ikon! ?


















