Madaniyat va dam olishUmumiy

Leonardo Di Kaprio kechki ovqat paytida Al Pachino bilan birga…

Leonardo Di Kaprio o’tgan hafta  payshanba kuni Gollivud afsonasi Al Pachino bilan birga ko‘rinish berdi.

Ular Los-Anjelesdagi mashhur italyancha restoran — Madeo’da ovqatlanib birga vaqt o‘tkazishdi.

Di Kaprio esa odatdagidek o‘ziga xos “uslub”da edi — shlyapa yoki yonidagi narsalar yordamida atrofdagilarning e’tiboridan qochishga urindi.

Restorandan chiqishda ular bitta mashinaga o‘tirishdi. Al Pachino esa qo‘lida quloqchinlari bilan paydo bo‘ldi — ehtimol, Leoning suhbatidan zerikkan ko‘rinadi.

Aslida, bu ikki mashhur aktyor allaqachon tanish — ular Kventin Tarantinoning “Bir zamonlar… Gollivudda” filmi orqali hamkorlik qilishgan.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *