Muhabbat yo‘li har doim ham gullar bilan to‘la emas. Ba’zan sabr, ba’zan ishonch, ba’zan esa fidoyilik munosabatlarda eng katta sinovga aylanadi. Siz munosabatlarda eng ko‘p qiynaladigan, eng katta sinovingiz qaysi mavzuda ekan? Ushbu testni yechib, eng katta muhabbat sinovingizni bilib oling!
Keling, testni boshlaymiz!
Avvalo jinsingizni tanlang…


Ayol

Erkak
Yoshingizni tanlang?


18 yoshdan kichik





Munosabatda eng ko‘p nimaga ehtiyoj sezasiz?

Ishonch
E’tibor
Sadoqat
Erkinlik
Juftingiz sizdan bexabar reja tuzsa, qanday his qilasiz?
E’tiborsiz qolgandek
Asabiylashaman
Xavotirlanaman
Hech narsa bo‘lmagandek his qilaman
Tortishuv paytida sizning uslubingiz qanday?

Gaplashib hal qilishga harakat qilaman
Jim bo‘lib xafa bo‘laman
Juda hissiy reaksiya ko‘rsataman
Mantiq doirasida qolaman
Juftingiz sizga syurpriz qilishni unutsa, xafa bo‘lasizmi?

HA
YO‘Q
Rashk siz uchun nimani anglatadi?

Ishonchsizlik
Muahbbat belgisi
Me’yorida bo‘lishi kerak
Umuman bo‘lmasligi kerak
Juftingiz bilan uzoq masofali munosabatda bo‘lishga to‘g‘ri kelsa?

Ishonch juda muhim bo‘ladi
Chidash qiyin bo‘ladi
Hissiy jihatdan qiynaydi
Menga muammo emas
Juftingiz sizga yolg‘on gapirganini bilib qolsangiz, nima qilasiz?

Qaytib ishonmayman
Juda xafa bo‘laman
Baqirib-chaqiraman
Sababini bilishga harakat qilaman
Juftingiz sobiq sevgilisi bilan hanuz do‘st bo‘lsa, nima qilasiz?

Juda noqulay his qilaman
Rashk qilaman
Katta janjal chiqaraman
Umuman e’tibor bermayman

Ishonch Sinovi
Siz uchun munosabatlarda eng muhim narsa — ishonch. Kichkina bir shubha ham seni bezovta qilishi mumkin. Agar sevgan insoningiz sizga yolg‘on gapirsa yoki sir tuta boshlasa, bu sizni juda qiynaydi. Yuragingiz tinch bo‘lishi uchun ochiqlik va sadoqat bo‘lmasa, o‘zingizni go‘yo bo‘g‘ilayotgandek his qilasiz.

Sabr va Hissiyotlar Sinovi
Siz munosabatlarda his-tuyg‘ularini juda kuchli yashaydigan insonsiz. Bahs yoki tortishuv paytida tez xafa bo‘lishingiz yoki ortiqcha hissiy reaksiya berishingiz mumkin. Bu esa ba’zida munosabatni qiyinlashtiradi. Eng katta sinovingiz — g‘azab va ranjishlaringizni boshqarib, sabrli bo‘lish.

Rashk va Erkinlik Sinovi
Siz uchun hasad muhim masala. Sevgan insoningiz sobiq sevgilisi bilan aloqada bo‘lishi yoki sizdan yashirin rejalar qilishi sizni qiynashi mumkin. Ko‘nglingizda “bu muhabbatmi yoki egalik qilish istagimi?” degan savol tez-tez tug‘iladi. Bu yerda sizning sinovingiz — ishonch va erkinlik o‘rtasida muvozanat topish.

Fidoyilik va Masofa Sinovi
Siz sevgi uchun qo‘lingizdan kelganini qilishga tayyorsiz ammo masofa, kutilmagan holatlar yoki e’tibor yetishmovchiligi ishni qiyinlashtiradi. Munosabatda fidoyilik qilish sizga oson lekin sevgan insoningizdan shunday javob qaytmasa, xafa bo‘lasiz. Eng katta sinovingiz — muhabbatni masofa va vaqtga qaramay davom ettira olish.