12-sentyabr kuni muxlislar orziqib kutgan “Qizil Sharbat”ning 4-mavsumi nihoyat efirga chiqdi. 🎉 Ammo quvonch uzoqqa cho‘zilmadi: oradan bir kun o‘tmasdan serialni yopishni talab qilgan kampaniya trendga chiqib ketdi! 🔥
📌 104-epizoddan keyin nima bo‘ldi?
RTUK ma’lumotiga ko‘ra, faqatgina bitta qismdan keyin ularga 11 mingdan ortiq shikoyat kelib tushgan! 🤯
Asosiy sabab? — Firaz va Dog‘a o‘rtasidagi yangi sevgi qissasi. Tomoshabinlarning katta qismi bu sahnalarni “oilaviy qadriyatlarga qarshi” deb hisoblagan.

🛑 RTUKning rasmiy bayonoti
RTUK rahbari ochiqchasiga:
“Biz xalqimizning an’anaviy va axloqiy qadriyatlariga zarar yetkazuvchi seriallarga befarq qaramaymiz”,
— deb chiqdi.
Hozircha serialni butunlay yopish, prodyuserlarga katta jarima solish, hatto rejissyor va ssenariychilarni ham tekshiruvdan o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqilmoqda. 😬

📺 19-sentyabr kuni yangi qism bo‘ladimi?
Hozircha noma’lum. ❓ Turk jurnalisti Birsen Altuntaş ham “taqiqlanish ehtimoli yuqori” deb yozdi.
🔙 Bu birinchi janjal emas!
“Qizil Sharbat” avval ham ko‘p bahsga sabab bo‘lgan. 2023-yilda oynadan uloqtiriladigan zo‘ravonlik sahnasi tufayli RTUK serialni 5 haftaga to‘xtatgan edi. O‘shanda ayollar huquqini himoya qiluvchi tashkilotlar:
“Bu zo‘ravonlikni oddiylashtiryapti!” ✋
— deya qarshi chiqqan, Show TV esa sudga murojaat qilgandi.

👥 Tomoshabinlar ikkiga bo‘lingan
Serial konservativ va sekulyar oilalarni qarama-qarshi qo‘yib, jamiyatdagi qadriyatlar to‘qnashuvini ko‘rsatadi. Shu sababli ham:
- Bir tomondan katta muxlislar armiyasi 🙌
- Ikkinchi tomondan qizg‘in bahs va noroziliklar 💥
paydo bo‘lmoqda.
Muxlislar esa bo‘sh o‘tirgani yo‘q: ijtimoiy tarmoqlarda yangi hashtag ochib, “Qizil Sharbatni to‘xtatmang” deb kampaniya boshlashdi. Hatto aktrisa Evrim Alasya (Kiviljim) ham bu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi. 🌹

👀 Spoiler?
Eng qiziq joyi — gap-so‘zlarga ko‘ra, ssenariy allaqachon o‘zgartirilgan. Firaz va Dog‘aning sevgi qissasi yo to‘liq olib tashlangan, yo biror qahramonning “tushi” sifatida qoldirilgan deyishmoqda. 🤔
Juma kuni hammamiz bilib olamiz! 🎬
👉 Sizningcha, “Qizil Sharbat” yopiladimi yoki yo‘qmi? Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring! 💬