Madaniyat va dam olishUmumiy

“Oq-Qora Sevgi” Yulduzi Ibrohim Chelikkol Yana Turmush Qurdi! Bodrumdagi Sirli Nikoh Tafsilotlari!

Turkiyaning sevimli aktyori Ibrohim Chelikkol yana bir bor turmush qurdi! ? Bu safar hammasi juda sirli bo‘lib, nikoh marosimi 2025-yil 21-sentabr kuni Bodrumda bo‘lib o‘tgan ammo biz, oddiy odamlar, buni faqat dushanba kuni bilib qoldik!

? “Oq-qora sevgi” serialining yulduzi yangi rafiqasi Natali Yarjan bilan romantik suratini Instagramda ulashdi. Marosim tafsilotlari oshkor etilmagan bo‘lsa-da, insayderlar aytishicha, Chelikkol nikoh  marosimida mashhur turk shoiri O‘zdemir Asafning “Men seni chiroyli sevaman” she’rini o‘qib bergan. Romantik, to‘g‘rimi? ?

Foydalanuvchilar esa ijtimoiy tarmoqlarda aktiv tabriklar yozishdi:

“Juda chiroyli juftlik!” ?

“Baxtli bo‘ling!” ?

“Bir-biringizni sevib yashang!” ❤️

? Oilaviy tarixga tez nazar

Eslatib o‘tamiz, Ibrohim 2022-yilda birinchi turmush o‘rtog‘i Mihre Mutlu bilan ajrashgan edi. Ular 2017-yilda turmush qurgan, 2019-yilda Ali ismli o‘g‘il farzand dunyoga kelgan. Ammo baxt uzoq davom etmadi.

Oradan ko‘p o‘tmay, Chelikkolning Natali bilan munosabatlari ham ommaga ma’lum bo‘ldi: 2024-yil may oyida ular birgalikda tadbirda ko‘rinish berdi va jurnalistlar Natali barmog‘idagi nikoh uzugini payqadi. Shundan keyin esa yashirin formatdagi to‘y xabarlari tarqaldi.

? Chelikkolning eng mashhur rollari

“Fetih 1453” (2012) — Ulubatli Hasan roli bilan mashhurlikka erishdi.

“Siyah Beyaz Aşk” (2017–2018) — Ferhat Aslan obrazida xalqaro e’tirof.

“Doğduğun Ev Kaderindir” (2019–2021) — Mehdi Karaja roli bilan tomoshabinlar qalbida joy oldi.

“Bir Zamanlar Çukurova” (2021–2022) — Hakan Gumusho‘g‘li obrazida.

“Gaddar” (2024) — Korkut Zakkum rolida mehmon aktyor sifatida ko‘rinish berdi.

? Shaxsiy hayoti

Yoshligida Turkiya U-20 basketbol terma jamoasida o‘ynagan.

Aktyorlikdan oldin model sifatida faoliyat yuritgan.

Otasi futbolchi, onasi esa Salonikidan (Gretsiya) turk muhojiri.

Kuchli, jiddiy va dramatik obrazlar ijrochisi sifatida tanilgan.

? Qisqacha, Ibrohim Chelikkol va Natali Yarjan jamoatchilikni yana romantik hikoya bilan xursand qildi. Sirli Bodrum to‘yi va she’r bilan bezatilgan nikoh… bu yoshlar uchun haqiqiy romantik film sahnasi kabi! ??

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 132

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *