“Farhod va Shirin”, “Zarb” va “Hamroh” filmlaridagi rollari bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan aktyor Umid Iskandarov 24-sentabr kuni 45 yoshni qarshiladi. Lekin uning hayot yo‘li kinodagidek silliq bo‘lmagan…
? Farzandsizlik tufayli buzilgan turmush
Umid aka sobiq rafiqasi Renata bilan yillar davomida farzandli bo‘lish uchun kurashgan. Shifokorlar esa ikkalasi ham sog‘lom lekin “bir-biringizga to‘g‘ri kelmaysizlar” degan tashhis qo‘yishgan. Bu esa orzularni chilparchin qilib, oxir-oqibat turmushni ham buzgan.
— “Sobiq ayolimni ba’zida sog‘inaman. Ayniqsa, uyga kelib, kimdir ‘qorning ochdimi?’ deb so‘rashini xohlaysan. Shu narsaning qadri o‘tadi”, — deydi aktyor. ?

? Oshpazlikdan aktyorlikka
Ko‘pchilik bilmasa kerak, Umid Iskandarov bir paytlar Ukrainada bosh oshpaz bo‘lgan! Hatto 6 yil restoranda ishlagan. Keyin tasodifan kinokastingga tushib qoladi va shu yo‘l uni kino olamiga olib kiradi. 25 yoshida San’at va madaniyat institutiga kiradi va katta rollarga qadar ko‘tariladi. ?
? Qiyin davrlar va zararli odatlar
Ajrashuvdan keyin aktyor maqsadsiz qolganini, bir muddat zararli odatlarga ham berilganini ochiq tan oladi:
— “Odamlar gap-so‘z qiladi, bu ko‘ngilga og‘ir botar ekan. Lekin endi hammasi joyida. Umidimni yo‘qotmaganman”, — deydi u.

? Nega filmlarda kam ko‘rinadi?
O‘zbek kinosida 40 yoshdan oshgan aktyorlarni kamroq kinoga chaqirishadi. Chunki ular “oshig‘u-ma’shuq” rollari uchun mos hisoblanmaydi, ota-ona rollari uchun esa yoshlik qiladi. Shu bois Umid ham so‘nggi yillarda kamroq ko‘rinmoqda. Lekin u suratga tushgan filmlaridan afsuslanmaydi.
? Mashinalarga oshufta
Bo‘sh vaqtida aktyor mashinalar haqida ko‘rsatuvlarni tomosha qiladi. “Mashinalarga qiziqishim bolaligimdan bor edi, endi bu hobbim yana qaytyapti”, deydi u.

?? Nihoyat orzu amalga oshdi!
Yillar davomida orzu qilgan otalik baxti nihoyat unga ham nasib etdi. 2023-yil iyun oyida u ilk marta ota bo‘ldi va o‘g‘li uchun beshik to‘yi ham o‘tkazildi. ?
? Umid Iskandarov hayoti ko‘pchilikka saboq: orzudan voz kechmaslik kerak. Sizningcha, u yana katta rollarda ko‘rinadimi? ?


















