Bugun sizlarga “Muhtasham Yuzyil” seriali orqali millionlab tomoshabinlarning yuragini zabt etgan, go‘zalligi, iste’dodi va hayotiy hikoyasi bilan mashhur bo‘lgan Meryem Uzerli haqida eng qiziqarli faktlarni taqdim etamiz. 🥳
👶 Bolalik va oila sirlaridan…
1983-yil 12-avgustda Germaniyaning Kassel shahrida tug‘ilgan Meryem, 4 farzandli oilaning eng kenjasi. To‘liq ismi – Meriem Sahra Uzerli. Otasi turk, onasi esa nemis. Demak, u haqiqiy ikki madaniyatni o‘zida jam qilgan aktrisa! 🌍

🎭 Teatr sahnasidan sultonlikka
Yoshlik chog‘ida Hamburgga ko‘chib o‘tadi va u yerda aktyorlik bo‘yicha tahsil oladi. Berlin, Hamburg va Kassel shaharlarida teatr sahnalarida chiqish qilib, asta-sekin ekranlarga yo‘l oladi.

👑 Hurram Sulton bilan “portlagan” mashhurlik
2011-yilda efirga chiqqan “Muhtasham Yuzyil” serialida Hurram Sulton rolini ijro etib, tom ma’noda yulduzga aylandi. Halit Ergench bilan ekran juftligi esa muxlislar tomonidan “afsonaviy duet” sifatida eslanadi. 🌟
🛑 Charchatgan mashhurlik
Mashhurlikning narxi qimmat bo‘ldi. 2013-yilda Uzerli charchoq sindromiga duch kelib, serialni tark etib, Germaniyaga qaytdi. Bu qaror ko‘plab muxlislarni hayratda qoldirdi.
💔 Sevgi va onalik hikoyasi
Meryemning o‘sha paytdagi sevgilisi Jan Ateş unga turmush qurishni taklif qilgan edi, ammo ular ajrashishdi. Shunga qaramay, 2014-yilda qizi Lara Jemine tug‘ildi. 2021-yilda esa amerikalik sevgilisidan ikkinchi farzandi – Lily Koi dunyoga keldi. 👩👧👧

🎥 Filmlar, seriallar va reklama ishlari
- “Muhteşem Yüzyıl” (2011–2013) – Hurram Sulton
- “Annemin Yarası” (2015) – Marija
- “Gecenin Kraliçesi” (2015) – Selin
- “Kovan” (2020) – Ayshe
- “Şakir Paşa Ailesi: Mucizeler ve Skandallar” (2024–2025) – Rozali
Bundan tashqari, “Elidor” reklamalari orqali ham yulduzlik cho‘qqisida bo‘ldi. 💇♀️✨

🏆 Mukofotlarga to‘la yillar
2011–2013-yillarda “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasida “Altın Kelebek”, “Radikal”, “GQ” va yana o‘nlab mukofotlarni qo‘lga kiritdi. U o‘sha davrning eng yorqin yulduzi edi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. 🌟🏆
☕ Bugungi hayoti
Berlin shahrida qizlari va oilasi bilan sokin hayot kechirmoqda. Bir paytlar “sultonlik” qilgan aktrisa bugun oddiygina kafe egasi, ammo hali ham ekranlarga qaytib, muxlislarini quvontirmoqda. 🎬💖
🔥 Xulosa:
Meryem Uzerli – faqatgina Hurram Sulton emas, balki hayoti ko‘plab sinov va yutuqlardan iborat bo‘lgan haqiqiy “sahna malikasi”.
Sizningcha, Meryem Uzerlining eng yaxshi roli qaysi? 👇
Izohlarda yozib qoldiring!