Disney nihoyat hammani kutdirgan yangilikni e’lon qildi – «Avatar: Olov va Kul» filmining ulkan treyleri chiqdi! ? Endi esa Pandora olamida yangi xalq, yangi dramatik voqealar va albatta, kutilmagan hissiyotlarga tayyor bo‘ling.
? Bu qism – “Avatar: Suv yo‘li”ning bevosita davomi bo‘lib, endi biz butunlay boshqa jamiyat – Olovli Navi qavmi bilan tanishamiz. Ular suv xalqidan farqli o‘laroq, do‘stona emas aksincha, jiddiy va keskin xarakterga ega ?.

? Olov xalqining rahbarini esa ko‘plarimiz “Tabu” serialidan tanigan ispan aktrisasi Una Chaplin ijro etadi. Demak, yangi qismda kuchli dramatik to‘qnashuvlar va kutilmagan burilishlar bo‘lishi aniq!
? Jeyms Kemeron yana bir bor bizni Pandora sayyorasiga olib kirib, vizual effektlar va hissiyotlarni “portlatishga” tayyor. Kino ixlosmandlari orasida film chiqquncha internet yana “Avatar| muhokamalari bilan to‘ladi, buni hammamiz bilamiz ?.
? Sizchi, yangi “Avatar” treylerini ko‘rdingizmi? Olov xalqini yoqtirdingizmi yoki hali ham suv xalqining tarafidamisiz? ??

















