Madaniyat va dam olishUmumiy

Sinem Unsal: “G‘aroyib Doktor”dan “Uzoq Shahar”ga Ko‘tarilgan Yulduz!

Turk serial olamining so‘nggi yillarda eng yorqin yulduzlaridan biri — Sinem Unsal!
Uni hammamiz “G‘aroyib Doktor”dagi Nazli obrazi bilan yoqtirib qolgandik. Endi esa u “Uzoq Shahar” serialida Alya obrazi orqali tomoshabinlarning qalbini zabt etmoqda. Serialdagi hamrohi Ozan Akbaba bilan birga ular ijtimoiy tarmoqlarda eng mashhur juftliklardan biriga aylanishdi. ?

Keling, endi Sinem Unsal hayoti va ijodiga yaqindan nazar tashlaymiz…

? Kim o‘zi Sinem Unsal?

? 1993-yilda tug‘ilgan, ya’ni 32 yoshda.
Egizak burji.
? Izmirning Foja tumanida dunyoga kelgan.
?‍?‍? Otasi ozarbayjon turki, onasi esa cherkez millatidan.

Shuningdek, u “Eskishehir Osmangazi Universiteti” Qiyosiy adabiyot fakultetini tamomlagan. ?

? Aktrisalik faoliyati

➡️ 2017-yilda “Choban Yulduzi” serialida ilk bor ekranda ko‘rindi.
➡️ Keyin “Siyah Beyaz Aşk” va “Qizim” seriallarida rol ijro etdi.
✨ Asosiy mashhurlikka esa 2019-yilda boshlangan “G‘aroyib Doktor”dagi Nazli obrazi bilan erishdi.

Bugun esa uni “Uzoq Shahar” serialining Alyasi sifatida tomosha qilyapmiz. ?

?‍♀️ Unsal opa-singillar

Sinem yolg‘iz emas! Uning san’at yo‘lini tanlagan opasi ham bor — Gizem Unsal.
U “Fazilet Hanım ve Kızları”, “Yarım Kalan Aşklar” hamda “Bir Küçük Gün Işığı” kabi seriallarda rol o‘ynagan. Opa-singil o‘xshashligi va iste’dodlari bilan e’tibor markazida. ✨

? Shaxsiy hayoti

Sinem Unsalning muhabbat hayoti ham tez-tez matbuotda tilga olinadi:

Uzoq vaqt aktyor Kivanch Kilinch bilan munosabatda bo‘lgan.

Keyin uning ismi Halit O‘zgur Sari bilan bog‘langan.

Hozir esa aktyor Berk Jankat bilan birga ekani aytilmoqda. ?

? Sinemdan ilhomli so‘zlar

“Go‘zallik emas intizom barqaror muvaffaqiyat keltiradi.”
“Bolaligimdan beri orzu qilishdan hech ham voz kechmaganman. Aktyorlik ham bolalik orzum edi — xohladim, mehnat qildim, sabr qildim va amalga oshirdim.”

Intizomli, hissiyotli va orzularining ortidan boradigan ayol — bu Sinem Unsal! ?

? Rol ijro etgan seriallari

Çoban Yıldızı (2017) – “Güneş”

“Siyah Beyaz Aşk” (2017-2018) – “Gülsüm Aslan”

“Kızım” (2018-2019) – “Sevgi Günay”

“Mucize Doktor” (2019-2021) – “Nazlı Gülengül”

Elbet Bir Gün (2021) – “Feride”

Gizli Saklı (2022) – “Naz Arıca”

Uzoq Shahar (2024) – “Alya Albora”

? Teatr sahnasida

Sinem Unsal nafaqat seriallarda balki teatrda ham faol:

“Raif ile Letafet (2019)

“Xitoydan Maktub” (2021)

“Aydınlıkevler” (2022–2024)

? Mukofotlari

2019: “25. Lions Türkan Kahramankaptan Teatr mukofotlari– Eng yaxshi yosh aktrisa

2020: “Ta’lim fanlari mukofotlari” – Yilning eng yaxshi aktrisasi

? Xullas, nafaqat ekranda balki sahnada ham yulduzdek porlayotgan Sinem Unsal — faqat go‘zalligi bilan emas balki iste’dodi va intizomi bilan ham cho‘qqiga ko‘tarilmoqda. ?

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 132

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *