Madaniyat va dam olishUmumiy

“Men ham ona bo‘lishni istayman” — Selena Gomezning yurakdan chiqqan so‘zlari

“Hollywood”ning eng sevimli yulduzlaridan biri — Selena Gomez yana internetni larzaga keltirdi! 🎬💫
Mashhur qo‘shiqchi va aktrisa yaqinda o‘zining onalik haqidagi orzusi bilan bo‘lishdi — va bu izoh minglab muxlislarning ko‘ziga yosh keltirdi. 😢💗

Barchasi “Waverly Place sehrgarlari” serialining yangi qismi sabab boshlandi. Selena o‘z blogida o‘zi ijro etgan qahramon — Aleks Russoning ona sifatidagi kadrlarini joyladi va yozuv ostiga quyidagi so‘zlarni qoldirdi:

“Umid qilamanki, bir kun kelib men ham ona bo‘laman.” 🌸

Ammo bu oddiy post emas edi… Chunki Selena ilgari bergan intervyularidan birida sog‘lig‘i tufayli biologik farzand ko‘ra olmasligini aytgan edi. 😔
Vanity Fair nashriga bergan so‘zlarida u shunday degan:

“Men buni ilgari hech kimga aytmaganman, ammo afsuski, o‘z farzandimni ko‘tara olmayman. Bu vaziyat meni doimo xafa qiladi.”

Biroq Selena hech qachon umidni yo‘qotmagan! 💪✨
U kelajakda surrogat ona xizmatidan foydalanish yoki farzand asrab olish niyatida ekanini bildirdi. Shunday ekan, “onalik” orzusi hanuz yuragining eng tubida yashamoqda. 💞

Eslatib o‘tamiz, Selena prodyuser Benni Blanko bilan turmush qurgan. Ular 2024-yil 12-dekabrda nikohdan o‘tishgan, to‘y esa 28-sentabrda Kaliforniyada bo‘lib o‘tgan. To‘yda ko‘plab mashhurlar qatnashgan ammo marosimning soddaligi va samimiy muhiti barchaning e’tirofiga sazovor bo‘lgan. 💍🌿

Yulduzlar hayotida shu kabi samimiy orzularni eshitish — yurakga iliqlik beradi to‘g‘rimi? 💫
Selena yana bir bor isbotladi: chinakam baxt — mashhurlikda emas, mehrda. ❤️

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *