O‘zbekiston estradasining eng sirli, eng kuchli ayol obraziga ega san’atkori — Ozoda Nursaidova bu yil 51 yoshni qarshiladi! 🥳 Ammo bu oddiy sana emas — bu ayolning hayoti to‘liq bir drama, motivatsiya va qayta tug‘ilish hikoyasi.
🎤 “Ko‘nglimda bir kemtik bor”
Ozoda bolaligidan sokin, kamgap qiz bo‘lgan. “10 ta savolga 1 ta javob berardim,” — deydi u. Shunday bo‘lsa-da, ichida ulkan ovoz yashar edi. Kim o‘ylardi deysiz, qulog‘idan naushnik tushmaydigan o‘sha qiz bir kun kelib butun sahnani zabt etadi deb? 🎧

🌸 San’atga yo‘l — tasodif emas
Maqomni sevgan ammo estradada yulduz bo‘lgan. Konservatoriyada unga “noyob ovoz sohibasi” deyishgan. “Men sof estrada emas, turli yo‘nalishlar aralashgan ijod yo‘lini tanladim,” deydi Ozoda.
🚀 “Ketma” bilan yulduzlik sari!
1999-yil konservatoriyani tamomlab, 2000-yilda “Ketma” qo‘shig‘i bilan “portladi!” 🔥 2001-yilda esa “Yilning eng yaxshi qo‘shig‘i” nominatsiyasini qo‘lga kiritdi. Shu bilan birga, “Asrasin” va “Endi man ketaman” ham yuraklarga o‘rnashdi.

⚡ Ammo keyin nima bo‘ldi?
To‘satdan “zapret” — ya’ni taqiq! 😨 13 yil davomida sahnada ko‘rinmadi. “Eng og‘ir kunlar edi. Ba’zilar so‘rashmay ham qo‘yishdi,” — deydi xonanda.
🏚️ Buzilgan uy va stressli yillar
“Uyingizni buzamiz,” degan so‘zlardan boshlanib, 300 million so‘mlik zarar, stress, umidsizlik. Ammo u taslim bo‘lmadi. Oyoqqa turib, o‘z nomi bilan “Ozoda” parfyum brendini ochdi (lekin u ham uzoqqa bormadi).
💪 Qayta tug‘ilish: yangi Ozoda
Sog‘lig‘ini yo‘qotgan paytda u qat’iy qaror qildi — oshqozonining yarmini oldirib tashladi! Operatsiya, parhez, fitnes… Va natijada yangi Ozoda! Bugun u 8 yil avvalgidan butunlay boshqacha — sog‘lom, kuchli, o‘ziga ishongan ayol. ✨
🌍 4 ta tilda gaplasha oladigan “superwoman!”
Rus, ingliz, turk va fors tillarini mukammal biladi. “Arab tilini ham o‘rganmoqchiman, vaqt topsam fransuzchani ham,” deydi u. Qisqasi, “superwoman!” 🌏🦸♀️

💔 Onasining so‘nggi damlarida yonida bo‘lolmagan
Hayotining eng og‘riqli bo‘limi : onasining so‘nggi daqiqalarida yonida bo‘la olmagan. “Onamni men ko‘p qaritdim, meni deb kasal bo‘ldi,” deydi u ko‘zlari yoshga to‘lib. 😢
🎬 “Dilbarim” klipidagini fojia
2025-yilda klip suratga olish paytida yosh aktrisa Sabrina Jabborova avtohalokatga uchradi. Internet “Ozoda aybdor” deyishdi. Ammo xonanda barcha yordamini ayamasdan, Sabrianani Turkiyada davolanishga yubordi, u esa to‘liq sog‘ayib, oyoqqa turdi. 🙏
💫 Bugungi Ozoda — sinovlardan o‘tgan ayol kuchining timsoli!
“Zapret”lar, yo‘qotishlar, og‘ir operatsiyalar… Ammo u hali ham sahnada, hali ham yuraklardan joy olgan Ozoda.
💬 Sizningcha, Ozoda Nursaidovaning hayoti filmga aylanadimi? Komentda yozing! 🎥👇