Madaniyat va dam olishUmumiy

Munisa Rizayeva Dubayda tug‘ilgan kunini “romantik syurprizlar” bilan qarshi oldi!

22-oktabr — san’at olamining yorqin yulduzi Munisa Rizayeva uchun o‘ziga xos kun! ??
Mashhur xonanda bu yilgi tug‘ilgan kunini oila davrasida, quyoshli Dubay shahrida nishonlashni tanlagan. ☀️??

Ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan videolardan ko‘rinishicha, Munisaning tongi haqiqiy film sahnasidek o‘tgan — gullar, shirin sovg‘alar va romantik syurprizlar!


Xonanda esa bu sovg‘alar uning turmush o‘rtog‘i tomonidan tayyorlanganini aytib, “e’tibor va mehr – eng katta sovg‘a” deb yozib qoldirgan. ?

Muxlislar esa bo‘sh o‘tirmayapti — izohlarda “Eng chiroyli ovoz egalasiga baxt va ilhom tilaymiz!”, “Har doim porlab yuring, Munisa!” kabi samimiy tabriklar yog‘ilmoqda. ??

Munisa Rizayeva nafaqat o‘zining ovozi, balki pozitiv energiyasi va samimiyligi bilan ham yillar davomida san’at olamida o‘z o‘rnini saqlab kelmoqda. ?

 

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 132

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *