Madaniyat va dam olishUmumiy

“Bravo” yulduzi qaytdi! Shahloxonimdan teatr ohangidagi yangi qo‘shiq — “Baxting muborak”!

🎭 Teatrda tug‘ilgan kun, yangi qo‘shiq va bir parcha mo‘jiza!

21-oktabr kuni sahnada nafaqat qo‘shiq yangradi balki teatr va musiqaning o‘zaro muhabbati ham tug‘ildi. “Bravo” jamoasining sobiq a’zosi, kulguli va iqtidorli aktrisa Shahloxonim o‘z tug‘ilgan kunini o‘zgacha tarzda nishonlashga qaror qildi. U “Baxting muborak” deb nomlangan yangi qo‘shig‘ini Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatrida spektakl ko‘rinishida taqdim etdi!

🌟 Yulduzlar bilan to‘la zal

Premyeraga O‘zbekiston sahnasining mashhur nomlari tashrif buyurdi: Saida Rametova, Ra’no Yarasheva, Ra’no Shodiyeva, Rixsitilla Abdullayev va yosh aktrisa Nigina Jabborova. Sahnadagi atmosferani tasvirlash uchun bitta so‘z yetar: “Bravo!” 👏

🎬 Qo‘shiqmi? Yo‘q, bu mini spektakl!

Shahloxonim o‘z YouTube kanalida aytishicha, bu safar u faqat qo‘shiq emas balki teatral kayfiyatdagi ijro yaratmoqchi bo‘lgan. “Tomoshabin faqat eshitmasin, his qilsin,” degan aktrisa, har bir nota va harakatni sahna tili bilan uyg‘unlashtirgan.

📺 YouTube’da kuting!

“Baxting muborak” qo‘shig‘i allaqachon barcha musiqiy platformalarga joylandi. Ammo spektaklning to‘liq videoversiyasi hali yo‘lda — yaqin kunlarda YouTube’da e’lon qilinadi! Shubhasiz, bu videoni o‘tkazib yubormaslik kerak 🎥

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *