Madaniyat va dam olishUmumiy

“Komil Fozilov yurakni ezgan hikoyasini aytdi: konsertdan 3 kun avval onamni yo‘qotgan edim”

? “Benom” yulduzining og‘riqli xotirasi

Mashhur “Benom” guruhi a’zosi Komil Fozilov Instagram sahifasida yurakni ezuvchi e’tirof bilan bo‘lishdi. Xonanda onasining konsertidan atigi 3 kun avval vafot etganini aytib, o‘sha og‘ir kunlarni eslab ko‘z yoshini tiyolmadi.

? “Konsertni bekor qilamizmi?” — “Yo‘q, onam uchun kuylayman”

Komil aytishicha, onasining so‘nggi so‘zlari hali ham qulog‘ida jaranglaydi:

“Eh bolam, konsertingacha bormanmi yo‘qmanmi…”

Shundan bir soat o‘tib, shifokor “Siz o‘g‘illarimisiz? Kela olasizlarmi?” deb qo‘ng‘iroq qilgan. Komil esa o‘sha payt yuragi nima bo‘layotganini allaqachon sezgan edi.

U konsertni bekor qilishni rad etgan:

“Men onamning ruhi uchun sahnaga chiqdim. Tomoshabinlarga bildirmaslikka harakat qildim ammo birinchi qatordagi o‘rindiqga qaray olmadim. Bo‘sh o‘rindiq yuragimni tilka-pora qildi.”

? “Yaqinlaringizni qadrlang” — Komildan samimiy murojaat

Komil so‘nggi postida kuzatuvchilariga shunday yozdi:

“Ota-onamiz borligida ularni qadrlaylik. Ular biz uchun eng katta omonat. Onamning haqqiga duo qiling.”

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 132

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *