ATV telekanalida namoyish etilayotgan iddaoli serial haqida kutilgan final qarori qabul qilindi. Birsen Altuntash final haqidagi xabarni e’lon qildi. Xo‘sh, qaysi serial yakunlanib, efir bilan erta xayrlashmoqda? Mana reyting qurboni bo‘lgan o‘sha serial…
Sentyabr oyida boshlangan yangi telemavsumda ko‘plab seriallar kutilmagan natijalar bilan reytinglarda yuqori o‘rinlarni egalladi, ayrim eski seriallar esa yangi mavsumlari bilan yana kuchli qaytish qildilar.
Ammo reytinglar uchun keskin kurash ketayotgan serial bozoridan kutilgan bir final xabari keldi. ATVning iddaoli seriali reyting qurboni bo‘ldi.
Bosh rollarda Barish Arduch va Hande Erchel o‘ynagan “Aşk ve Gözyaşı” ya’ni “Muhabbat va Ko‘zyoshi” seriali uchun ATV final qarorini chiqardi.
Birsen Altuntashning ma’lum qilishicha, “Aşk ve Gözyaşı” 7-qism bilan final qiladi. Serial 31-oktabr kuni efirga uzatilgan so‘nggi qismida hatto reyting jadvalida ilk 20 talikka ham kira olmagan.
Shu tariqa, “Aşk ve Gözyaşı” joriy mavsumda final qilgan birinchi yangi serial bo‘ldi.