“Uyda yolg‘iz” filmini eslamaydigan bormi? O‘sha o‘g‘rilarni hiyla bilan yenggan kichkina Kevin endi katta bo‘ldi… va yana ekranlarda paydo bo‘ldi! ?
Hollywood yulduzi Makoley Kalkin 35 yildan keyin yana Kevin Makkallister rolida chiqdi — bu safar qariyalar uchun parvarish xizmati reklamasida. Endi u hiyla ishlatadigan bola emas, onasi haqida qayg‘uradigan mehribon o‘g‘il. ?
? “Onam uchun xavfsizlik rejasi”
Reklamada katta yoshdagi Kevin “Onam uchun xavfsizlik rejasi” xaritasini chizadi.
U har bir xonadagi xavfli joylarni belgilaydi, pufakchali plyonkani yig‘ishtirib, telefonda shunday deydi:
“Men faqat onamning yolg‘izligidan xavotirdaman. Agar u yiqilib tushsa yoki qor bosib qolsa-chi?” ?
Bu so‘zlar internetni larzaga soldi — bolaligimizdagi Kevin endi onasini himoya qilmoqda.
? Eski obraz — yangi avlodda
Reklamada o‘sha “qo‘rqinchli qariya Marley” ham bilvosita qaytadi — bu safar uning nabirasi orqali.
U Kevinga: “Onang bilan ochiq gaplash, hislaringni yashirma”, deb maslahat beradi.
Ya’ni, ham nostalgiya, ham zamonaviy dard bor bu videoda. ?
? Internetda “portlash!“
Videoni tomosha qilgan muxlislar ijtimoiy tarmoqlarda shunday yozishdi:
“Bu — bolaligim qaytganini his qildim”, “Kevin endi bizning yoshimizda!”
Ba’zilar esa “Makoley Kalkin yana o‘zini eslatdi!” deb yozdi. ?
? Yangi bosqich: Yangi ro‘l
Ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor yaqinda chiqadigan “Fallout” serialining 2-mavsumida butunlay boshqa obraz — yovuz qahramon sifatida chiqadi.
Ya’ni, endi Kevin faqat o‘g‘rilar bilan emas, yaxshi-yomon rollar bilan ham kurashmoqda! ?
? Xulosa:
Kevin ulg‘aydi, lekin bizning yuragimizda u hanuz o‘sha mehribon bola.
35 yildan keyin ham u hali hamon bizga bolalik iliqligini eslatadi. ?
“Uyda yolg‘iz” endi faqat film emas — bu bizning bolaligimiz ramziga aylangan tarix. ?


















