Bollivud olamida katta xushxabar! 42 yoshli go‘zal aktrisa Katrina Kaif va uning turmush o‘rtog‘i Viki Kaushal nihoyat ota-ona bo‘lishdi! ?
Sevimli juftlikning o‘g‘li 2025-yil 7-noyabr kuni dunyoga keldi. ?
? “Bizning bir parcha quvonchimiz…”
Katrina bu yangilikni o‘zining Instagram sahifasida e’lon qilib, postida shunday yozgan:
“Bizning bir parcha quvonchimiz, xush kelding! Cheksiz minnatdorchilik va muhabbat bilan o‘g‘limiz dunyoga kelganini ma’lum qilamiz.”
Katrinaning bu posti bir necha daqiqada millionlab “like” yig‘di va internetda trendga aylandi! ?
? Amaki ham shod!
Vikining ukasi Sanni Kaushal ham xushxabarni tasdiqlab, o‘z sahifasida:
“Main chacha ban gaya!” (“Men amaki bo‘ldim!”)
— deb yozdi. Bitta post bilan butun Bollivudni tabassumga to‘ldirdi. ?

? Sir tutilgan homiladorlik
Aktrisaning homiladorligi haqida mish-mishlar hali sentabr oyidayoq paydo bo‘lgan edi, ammo juftlik bu haqda sukut saqlagan.
Shunga qaramay, muxlislar ularning suratlaridan “Katrina homilador!” deb topishib bo‘lishgan edi. ?
? Katta muhabbat hikoyasi
Katrina va Viki 2021-yil dekabrda Rajastondagi dabdabali to‘y marosimida turmush qurishgan.
To‘y — haqiqiy Bollivud filmi darajasida: an’anaviy marosimlar, oltin liboslar va butun yulduzlar qatnashgan dabdaba! ✨
? Eng badavlat aktrisalardan biri
Yoshligidayoq Shohrux Xon bilan bir qatorda Ginnes rekordlari kitobiga eng boy aktrisa sifatida kiritilgan!
Yillik daromadi esa… 10 million dollar! ?
❤️ So‘ng so‘z:
Endi esa u faqat yulduz emas, mehribon ona!
Internetda esa bitta savol aylanmoqda:
“Katrina Kaifning o‘g‘li ham onasidek chiroyli bo‘ladimi?” ?


















