Uff, kutgan kunlar tugadi! 💥
Jahonning eng mashhur kulguchi obrazlaridan biri bo‘lgan Rowan Atkinson (bizning sevimli Mr. Bean) yana maydonga qaytyapti. Lekin bu safar ari bilan emas… balodek bir Chaqaloq bilan! 😂
2022 yilda chiqqan “Man vs Bee” serialini eslaysizmi?
Ana o‘sha qahramon – Trevor Bingley – qaytib keldi va yangi sarguzashtlar boshlanmoqda!

👶 “Man vs Baby” – Nima bo‘ladi o‘zi?
Netflix bu safar juda noodatiy komediyani taqdim qilmoqda.
Serial syujeti shunday:
▪️ Trevor bir paytlar ultrazamonaviy qasrni qo‘riqlab yurgan paytda birgina asa sababli hayoti ostin-ustun bo‘lgandi. 🐝💥
▪️ Endi u “xotirjam hayot” deb o‘ylab… maktabda hademelik (xo‘jalik xodimi) ishiga kiradi.
▪️ Lekin taqdir unga tinchlik bermaydi — yangi topshirig‘i: bir tomni qo‘riqlash va… bir yosh bolaga qarash! 😭
Rasmiy ta’rifda shunday deyiladi:
“Trevor bu safar tomni qo‘riqlash va bir bebaga qarashga majbur. U orzu qilganidek tinch va baxtli Yangi yil o‘tkaza oladimi yoki hamma narsa yana xaosga aylanadimi?”
Bu savolga javob 11 dekabr kuni ayon bo‘ladi. Yangi yil oldidan chinakam komedik portlash bo‘ladi ko‘rinadi! 🎄🤣
🎭 Aktyorlar tarkibi juda kuchli!
Rowan Atkinson yonida quyidagi yulduzlar bor:
- Steve Edge
- Sunetra Sarker
- Sunil Patel
- Susannah Fielding
- Ashley Jensen
Bundan tashqari, birinchi sezondagi Trevorning sobiq rafiqasi Jess rolidagi Claudie Blakley ham qaytadi.
🎬 Mualliflar kimlar?
Serialni ingliz komediyasining ikki ustasi yaratadi:
- Rowan Atkinson
- William Davies (Man vs Bee, Johnny English, Lyle Lyle Crocodile, How to Train Your Dragon muallifi)
Rejissyor: David Kerr
Produserlar: Kate Fasulo, Chris Clark, William Davies
Bu tarkibdan yomon narsa chiqmaydi — 100% kulgi kafolat! 🤣🔥
📅 Qachon chiqadi?
Man vs Baby – 11 dekabr 2025 kuni Netflix’da butun dunyo bo‘ylab taqdim etiladi.
Demak, qish fasli sizga faqat sovuq emas, zo‘r komediyani ham olib keladi! ❄️🎉
🎥 Treyler ham chiqqan!
(“Man vs Baby” treylerini albatta ko‘ring — kulguga tayyor bo‘ling! 😂)