Umumiy

TOM KRUZ NIHOYAT “OSKAR” OLDI!

🎉 40 YIL KUTGAN DAQIQA KELDI!

Gollivudning abadiy yosh qahramoni Tom Kruz nihoyat karerasidagi birinchi “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritdi! 😱🔥
Ha, hazilmas — 40 yillik superkarerasida ilk bor!

Kecha, 16-noyabr kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tgan “Governor Awards” marosimida aktyorga faxriy “Oskar” topshirildi. Ushbu mukofot asosiy “Oskar”dan alohida o‘tkaziladi va kino olamidagi eng obro‘li sovrinlardan biri hisoblanadi.

🎬 Tom Kruz → Nihoyat Adolat!

Ishonmasligingiz mumkin lekin Tom Kruz bundan oldin 4 marta “Oskar”ga nomzod bo‘lgan lekin hech qachon yutmagan!

Nomzod bo‘lgan rollari:
To‘rtinchi iyulda tug‘ilgan – Eng yaxshi erkak roli
Jerri Maguayr – Eng yaxshi erkak roli
Magnoliya – Eng yaxshi ikkinchi plandagi erkak roli
Top Gun: Maverick – Eng yaxshi film (prodyuser sifatida)

Ammo u hech qachon g‘olib bo‘lmagan edi. Endi esa ro‘yxat to‘liq: Tom Kruz → “Oskar” egasi! 🏆✨

🌟 Kimlar bilan bir qatorda turadi?

Bu faxriy mukofot avval:
Chaplin, Judi Garland, Fellini, Coppola, Spike Lee…
kabi afsonalarga berilgan.

Endi Tom Kruz ham ana shu mashhur ro‘yxatda.

Gollivudda uni hatto:
“Pandemiyadan keyin kinoni qutqargan odam”
deb atashadi. Top Gun: Maverick kinoteatrlarga odamlarni qaytarib kelgan eng katta sabab bo‘lgan!

💥 Kruz — nafaqat aktyor balki mashina!

• 1962-yil tug‘ilgan
• Kinoga 1981-yilda kirib kelgan
• 3 karra “Oltin Globus” sohibi
• 570 million dollardan ortiq boylik
• Filmlari:
 → Shimoliy Amerikada: $4 milliard
 → Jahon bo‘yicha: $10,1 milliard!!

Bu uni kino tarixidagi eng yirik box-office yulduzlaridan biriga aylantiradi.

🚁 Kaskadyorlarning ham kadr orti “qahramoni”

Tom Kruzning mashhurligi faqat rollarida emas —
u “Mission: Impossible” filmlarida xavfli tryuklarni o‘zi bajarishi bilan afsona bo‘lgan.

Samolyotdan osilib tushishmi? 🚀
Tog‘dan motor bilan sakrashmi? 🏍
Binoning tepasida yugurishmi? 🏢

— Ha, hammasini Tom o‘zi qiladi!

Stenli Kubrik, Pol Tomas Anderson kabi rejissyorlar bilan ishlagani ham uning karerasini yanada boyitgan.

🎉 Xulosa: 40 yillik kutish → nihoyat yakunlandi!

Tom Kruz muxlislari hozir aynan bitta gapni aytayapti:
“Bu Oskar juda ham kechikkan edi!”

Siz nima deysiz — Tom Kruz bu mukofotni oldi degan xabar sizni ham hayratga soldi mi? 😄🔥

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *