Hollywoodning eng xarizmatik yulduzlaridan biri — Uill Smit — Dubayda kutilmagan “fashion moment”ga guvoh bo‘ldi va bu safar u sahnada emas… o‘zbek milliy choponida! 😎
✨ O‘zbek influnserlari Hollywood’ni “milliylashtirdi”
Dubay — mashhurlar markazi. Lekin bu safar “spotlight” kimda edi, bilasizmi?
O‘zbekistonlik model Vazira Jon va bloger Saidazim Rizayev Uill Smit bilan uchrashdi va unga unutilmas sovg‘a berdi: milliy chopon + do‘ppi combo! 🎁🔥
O‘zbekona drip + Hollywood star = Internet portladi.

🎬 Saidazimning gaplari o‘zi kino sahnasiday edi:
Bloger aktyorga shunday murojaat qildi:
💬 “Men ‘The Fresh Prince of Bel-Air’, ‘Bad Boys’, ‘Hancock’, ‘Hitch’ filmlaringizni ko‘rib ulg‘ayganman. Bu uchrashuv men uchun katta sharaf. 40 million o‘zbekistonlik nomidan sizni milliy libosda ko‘rishdan faxrlanamiz.”
Hammasiga qo‘shimcha qilib, O‘zbekistonda bo‘layotgan madaniy o‘zgarishlar, Samarqanddagi Andrea Bocelli konserti, AQSh bilan mustahkamlanayotgan aloqalar va 30 kunlik vizasiz kirish tizimi haqida ham aytib o‘tdi.
Xullas, Smitga O‘zbekiston “VIP INVITE” berdi. 🇺🇸🤝🇺🇿
🧳 “O‘zbekistonga kelib ketasizmi?”
Saidazim shunchaki chopon kiydirmadi — balki aktyorni O‘zbekistonga rasman taklif qildi.
Bonus sifatida: Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarini ham ko‘rib chiqishga chaqirishdi.
Uill Smitning reaksiyasi?
Tabassum, hayrat va “This is amazing!” degan ko‘zlari. 😍
💥 Internetdagi reaksiyalar:
“Uill Smit do‘ppi bilan juda “cute” ko‘rinadi”
“O‘zbekiston PRni juda kuchli qilib qo‘ydi”
“Chopon kiygan Hollywood yulduzlari klubiga yana biri qo‘shildi”