O‘zbek estradasining eng afsonaviy duetlaridan biri — Farhod va Shirin haqida yana bahslar avjida! ?
“Intervyu TV” dasturida boshlovchi Farhodga hamma yillardan beri berib kelayotgan savolni yana o‘rtaga tashladi:
“Duet qayta birlashishi mumkinmi?”
Va Farhod nihoyat aniq, ochiq va halol javob berdi. ??
? Farhodning javobi — romantik ham, real ham:
“Bu savolni jonli efirlarni buzib, juda ko‘p berishyapti, — deydi u kulib. — Duet eng cho‘qqisida to‘xtagan. Bu — bir tomondan yaxshi ham. Shirin bilan hozir munosabatimiz yaxshi. Muxlislar uchun bir martalik duet yoki 15 yillik sog‘inchga bag‘ishlangan konsert bo‘lishi mumkin. Men qarshi emasman.”
Ammo… ?
Farhod bir narsani ochiq aytdi:
“Avvalgidek doimiy duet bo‘lib qaytish — bu tiklanmaydi.”
Ya’ni, muntazam ijodiy tandem – yo‘q.
Lekin nostalgiyani sog‘inganlar uchun maxsus loyiha, bir martalik sahna yoki ikki martalik yodgorlik duet — ha, bo‘lishi mumkin! ?


















