O‘zbekistonning eng mashhur aktrisa va xonandalaridan biri Dilnoza Kubayeva yaqinda o‘zining shaxsiy hayoti haqida ochiqchasiga gapirib, muxlislarini hayratda qoldirdi.
Aktrisa bugungi hayoti haqida gapirar ekan, hammasi juda tinch va yoqimli kechayotganini aytdi:
“Erkin ijod qilib, yangi qo‘shiqlar, kliplar, spektakllar yaratib yuribman. Hayotim tinch, hotirjam yashayapman. Hamma narsani ijoddan olyapman.”
Uning aytishicha, hozirda oila qurmasligining asosiy sababi – ijodga to‘liq sho‘ng‘igan hayoti va erkinlik hissi.
? “Agar meni tushunadigan erkak bo‘lsa… ”
Dilnoza o‘z fikrini davom ettirar ekan:
“Agar men bilan yashashga tayyor bo‘lgan, ijodimni to‘liq qo‘llab-quvvatlaydigan erkak bo‘lsa, albatta ayol rozi bo‘ladi”, — deydi.

Demak, aktrisa uchun eng muhim narsa — uni cheklamaydigan balki ijodini qadrlaydigan insonning yonida bo‘lishi.
? Ikkinchi xotinlik? Mutlaqo yo‘q!
Dilnoza Kubayeva shuningdek, hayotida ikkinchi xotinlikka o‘rin yo‘qligini qat’iy ta’kidladi.
“Bu erkinligimni endi qo‘ldan boy bera olmayman,” — deya fikrini yakunladi u.
? Ijod + Erkinlik = Dilnozaning hayot formulasi
U o‘z hayoti, shaxsiy tamoyillari va qarashlarini ochiq aytib, yana bir bor ko‘rsatdiki:
Dilnoza uchun eng muhim narsa — erkinlik, ijod va o‘z yo‘lidan borish.


















