Madaniyat va dam olishUmumiy

Miley Cyrus (MAYLI SAYRUS) TURMUSH QURMOQDA!

Amerikalik super yulduz Mayli Sayrus nihoyat yana nikoh sari qadam qo‘ydi!
Ha, hazillashmayapmiz — bu safar u The Regrets guruhining sobiq a’zosi, musiqachi Maks Morando bilan turmush qurayotganini ma’lum qildi! 😱💘

🔥 Hammasi qayerdan boshlandi?

Bir necha kun oldin ular rejissor Jeyms Kemeronning yangi filmi “Avatar: Olov va Kul” premyerasida birga paydo bo‘lishdi.
Shu vaqtda Maylining nomusiz barmog‘idagi (ya’ni sol qolda 😂) nikoh uzugi muxlislarning ko‘zidan qochmadi.

Internet: “Bu nima? Bu nikohmi??”
Maylining barmog‘i: “Ha, qizlar, payqadinglarmi?” 💍😎

🕵️‍♀️ Ammo rasmiy bayonot yo‘q…

Mashhurlar hali rasmiy ravishda tasdiqlamasada, ularning quvonchga to‘la nigohlari “hammasi jiddiy!” deb turibdi.

💔➡️🌹 Maylining ikkinchi nikohi

Bu Mayli Sayrusning ikkinchi turmushi bo‘ladi.
Avval u avstraliyalik aktyor Liam Hemsvort bilan turmush qurgan edi.
Afsuski, ularning ajrashishi Mayli uchun juda og‘riqli bo‘lgan.

Hatto uning dunyoni larzaga solgan hiti “Flowers (Gullar)” ham aynan Liam bilan bo‘lgan munosabatlariga bag‘ishlangan.
“I can buy myself flowers…” deyishi bejiz emas ekan-da 😢🌺

💫 Maks & Mayli — yangi love story?

Ijtimoiy tarmoqlarda allaqachon:
“Yangi yulduzli juftlik!”,
“Perfekt vibelar!”,
“Maksli?” yoki “Mayks?” degan shipper nomlar ham aylanmoqda.

Fandomlar tinch emas. Internet esa yana bir marta portlamoqda. 💥🔥

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *