Madaniyat va dam olishUmumiy

Londonda “O‘g‘irlanmagan Kelin” Qahramonlariga Haykal O‘rnatildi! Raj va Simran Endi Rasmiy Ravishda Afsonaga Aylandi

Hind kinosining eng romantik juftligi — Raj va Simran — endi haqiqiy haykalga ega! Shohrux Xon va Kajol Londonda o‘zlari ijro etgan mashhur obrazlarning bronza haykalini tantanali ravishda ochib berdi. Sabab? Kino tarixiga kirgan “O‘g‘irlanmagan kelin” filmiga 30 yil to‘ldi! ❤️🎉

🗽 Lester Maydoni Endi Yanada Romantikroq

4-dekabr kuni ochilgan yangi haykal shu qadar muhim bo‘ldiki, u endi “Garri Potter”, “Meri Poppins”, “Paddington” kabi xalqaro afsonalar qatoridan joy oldi.
Bu — “O‘g‘irlanmagan kelin” ilk bor “Maydondagi sahnalar” loyihasiga qo‘shilgan hind filmi degani!

🎥 Shohrux Xon: “Bu film mening shaxsiyatimning bir qismi”

Ochilish marosimida Shohrux Xon juda samimiy gaplar aytdi:

“Biz bu filmni sof qalb bilan yaratganmiz. Uning 30 yildan beri sevib tomosha qilinayotgani — muhabbatning kuchi. ‘O‘g‘irlanmagan kelin’ mening shaxsiyatimning bir bo‘lagi”.

Kajol esa hayajonini yashira olmadi:

“Haykal ochilishini ko‘rib, tariximizni yana bir bor boshdan kechirdim”.

❤️ Maydonning o‘zi ham kino tarixidan

Aynan Lester maydoni — Raj va Simran birinchi marta tasodifan uchrashgan joy.
Raj – Vue kinoteatri yonida,
Simran – Odeon oldidan o‘tib ketadi…
Qisqasi, romantikaning GPS manzili — shu maydon 😄

🏆 Film rekordlari hali ham yangilanmoqda

“O‘g‘irlanmagan kelin” — hind kinosining eng uzoq namoyish etilayotgan filmi.
Ginnes rekordiga kirgan.
Hozir ham Hindistonda kinoteatrlarda ko‘rsatilmoqda!
30 yil o‘tsa ham, muhabbat hikoyasi hali ham trendda…

🎞 Yash Raj Films uchun tarixiy lahza

YRF direktori Vidxani ochilish marosimida shunday dedi:

“Britaniyada, Lester maydoni kabi tarixiy joyda birinchi hind filmi haykalining ochilishi — biz uchun ulkan faxr”.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *