O‘zbek estradasining yorqin yulduzi Nilufar Usmonova yana bir bor hazilkash tomoni bilan trendga chiqdi. Jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida unga kutilmagan savol berishdi:
“O‘zingizni qaysi multfilm qahramoniga o‘xshatasiz?”
Nilufar esa biroz o‘ylanib, sahnaga xos kayfiyati bilan hazilomuz javob berdi.

“Muzlik davridagi aka-ukalar boru…” ?
Xonanda savolga shunday javob berdi:
“Muzlik davridagi aka-ukalar boru, o‘shanga o‘xshataman. Bittasi men bo‘lsam, ikkinchisi Jamshid Bobojonov”, — deya kulib javob berdi san’atkor.
Ya’ni Nilufar o‘zini mashhur “Ice Age / Muzlik davri” multfilmidagi juftliklardan biriga o‘xshatdi va yoniga dastlabki “multfilm sherigi” sifatida Jamshid Bobojonovni “olib qo‘ydi”.
Bu javob nafaqat jurnalistlarni, balki suhbatni tomosha qilayotganlarni ham kuldirib yubordi.


















