Madaniyat va dam olishUmumiy

Hakan Sabanjining Hande Erchelni bloklagani sababi aniqlandi.

Hakan Sabanci va Hande Erchelning ajrashgani ma’lum bo‘lgach, bu holat ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Avval juftlik suratlarini o‘chirib tashlab, keyin o‘zaro “follow”ni bekor qilgan edi, Biroz vaqt o’tgach esa  ular bir birni “blok”  qilgani haqida mish-mishlar paydo bo‘ldi.

Nima bo‘lgan edi?

2025-yil avgustida Hande Erchel Instagram’dagi Hakan Sabanji bilan bog‘liq barcha suratlarni o‘chirib tashladi.

Oradan ko‘p o‘tmay, Hakan Sabanji ham o‘z sahifasidan ularning birgalikdagi postlarini olib tashladi va ular bir-birini kuzatishni to‘xtatdi. Eng katta shov-shuv esa so‘nggi da’volardan keyin boshlandi: aytilishicha, Hande Erchel avval Hakan Sabanjining onasi — Arzu Sabanjini Instagram’da bloklagan. Hakan bu holatni onasiga nisbatan hurmatsizlik sifatida qabul qilgan va javoban Hande’ni bloklagan.

Rasmiy pozitsiya qanday?

Arzu Sabanji avvalgi bayonotlarida oilaning munosabatga aralashmaganini, ajralish qarori faqat ikki tomonning o‘ziga tegishli ekanini aytgan.
Hakan Sabanji ham ajralishning “uchinchi shaxslar” yoki “oila bosimi” tufayli bo‘lmaganini ta’kidlagan.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 132

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *