Jahon kinosining afsonasi — Jeki Chan ishtirokidagi “Armour of God: Ultimatum” filmidagi ba’zi sahnalar O‘zbekistonda tasvirga olinishi mumkin. Bu haqda Qozog‘istonning Salem Entertainment mediakompaniyasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Salem Entertainment vakillari “O‘zbekfilm” kinokonserni hamda O‘zbekiston Kinematografiya agentligi bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazgan. Muzokaralarda filmni O‘zbekistondagi tarixiy va tabiiy lokatsiyalarda suratga olish imkoniyatlari muhokama qilingan.

Agar loyiha tasdiqlansa, bu O‘zbekiston kino industriyasi uchun yirik xalqaro hamkorlik va yangi turizm oqimi boshlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.


















