AQSHning Michigan shtatida yashovchi 88 yoshli Ed Bambas oddiy supermarket kassiri bo‘lib ishlardi. Nafaqasi yetarli bo‘lmagani uchun u har kuni besh soatlab ishga chiqishga majbur edi. Ammo birgina tasodifiy uchrashuv uning hayotini butunlay o‘zgartirdi. Doimiy mijozlardan biri Leksi Uolles Edning og‘ir ahvolini ko‘rib, mashhur bloger Sem Vaydenhoferga murojaat qildi. Bloger Ed bilan uchrashib, uning hikoyasini TikTok’da joylashtirdi. Video bir necha soat ichida millionlab ko‘rildi va Internet foydalanuvchilari befarq qolmadilar.

Sem Vaydenhofer GoFundMe’da Ed uchun xayriya kampaniyasi ochdi. Kutilmagan tarzda 15 mingdan ortiq odam ishtirok etdi va natijada Ed Bambas uchun 1,7 million dollar yig‘ildi. 88 yoshli qariya ko‘zlariga yosh olib, bu sovg‘a uning qarzlarini yopib, nihoyat munosib dam olish imkonini berishini aytdi
Bu voqea yana bir bor shuni ko‘rsatdiki — insonlarning mehr-muruvvati bitta hayotni ham, butun taqdirni ham o‘zgartira oladi.


















