Siz yashayotgan tana — ilm uchun hamon jumboq
Biz tanamizni yaxshi bilaman deb o‘ylaymiz. Aslida esa inson organizmi shunchalik murakkabki, ayrim faktlar ilmiy fantastikaga o‘xshaydi, ammo ular haqiqat.
1. Miya og‘riqni his qilmaydi
Eng qiziq paradoks:miya tanadagi barcha og‘riqlarni boshqaradi, lekin o‘zi og‘riq sezmaydi Shu sabab miya jarrohligi vaqtida bemor hushyor bo‘lishi mumkin. Og‘riq reseptorlari miyada yo‘q.

2.Yurak tanadan tashqarida ham ura oladi
Agar yurak:kislorod bilan ta’minlansa va zarur sharoit bo‘lsa, u tanadan ajratilgandan keyin ham bir muddat urishda davom etadi.
Bu fakt:
-transplantatsiya jarayonlarida muhim
-yurakning mustaqil elektr tizimga ega ekanini ko‘rsatadi

3. Siz tunda “bo‘y cho‘zasiz”
Kun davomida umurtqalar bosim ostida siqiladi
Tunda esa bosim kamayadi va umurtqa bo‘shashadi Natijada inson ertalab 1–2 sm balandroq bo‘lishi mumkin

4. Oshqozon o‘zini doim yangilaydi
Oshqozon kislotasi shunchalik kuchliki, u hatto metallga zarar yetkazishi mumkin.
Shu sabab:
-Oshqozon ichki qavati har 3–4 kunda yangilanadi
-Aks holda u o‘zini “eritib yuborardi”
Bu — tananing o‘zini himoya qilish mexanizmi.



















