Madaniyat va dam olishUmumiy

 Ronaldu “Forsaj” filmining yangi qismida rol ijro etadi

Amerikalik mashhur aktyor va prodyuser Vin Dizel ijtimoiy tarmoqlarda kutilmagan yangilik bilan o‘rtoqlashdi. Uning ma’lum qilishicha, Saudiya Arabistonining “An-Nassr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Forsaj” kinofranshizasining yangi filmida suratga tushadi.

“Ko‘pchilik Ronaldu ‘Forsaj’da rol o‘ynaydimi, deb so‘rayotgandi. Shuni ayta olamanki, bu haqiqatan ham amalga oshadi. Biz u uchun maxsus rol yaratdik”, — dedi Vin Dizel o‘zining Instagram sahifasida.

Avvalroq, 2026-yilda “Forsaj 11” filmi ekranlarga chiqishi ma’lum qilingan edi. Ta’kidlanishicha, ushbu qism franshizaning yakuniy filmi bo‘ladi.

Ma’lumot o‘rnida: joriy mavsumda Krishtianu Ronaldu barcha musobaqalar doirasida 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan. Futbolchining “An-Nassr” klubi bilan shartnomasi 2027-yil yozigacha amal qiladi.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 132

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *