1. Napoleon 1769 yil 15 avgustda Fransiyaga qarashli Korsikaning Ayachcho shahrida kichik zodagon oilasida tug‘ilgan.
2. U tug‘ilganidan bir yil oldin Korsika Genuyadan Fransiya qiroli Lyudovik XV’ga 40 million livrga sotib yuborilgan edi.
3. Napoleon ajdodlari XVI asrda Italiyadan Korsikaga ko‘chib kelgan — ya’ni u aslida korsikalik italyan ildiziga ega.
4. Uning ona tili italyan tilining korsika lahjasi bo‘lgan, fransuz tilini esa maktabda o‘rgangan.
5. U umrining oxirigacha fransuzcha gapirganda italyancha ohang sezilib turgani aytiladi.

6. 1779 yilda Briyen-le-Shato kadetlar maktabiga kiradi va ayniqsa artilleriyaga qiziqib ketadi.
7. 1784 yilda Parijdagi harbiy maktabda o‘qiydi va o‘sha yili muddatidan oldin tugatib, artilleriya polkida xizmatni boshlaydi.
8. Napoleonning harbiy karerasi juda tez o‘sadi: 1795 yilga kelib Fransiya armiyasida general bo‘ladi.
9. U Jozefina bilan turmush qurgach, “Buonaparte” familiyasini xatlarida “Bonapart” tarzida yoza boshlaydi — bir harf “ketadi”, imij “fransuzlashadi”.
10. Italiya shimoli, Avstriya va Misr yurishlarida qo‘mondonlik qilib, o‘zini Yevropada eng kuchli figuraga aylantiradi.
11. Buyuk Britaniyaga qarshi urushda u avval Misrni egallash kerak, deb hukumatni ishontiradi va shu g‘oya Misr yurishiga sabab bo‘ladi.
12. 1798 yil 19 mayda Tulondan 35 ming askar bilan Misrga yo‘lga chiqadi va iyulda Misr zabt etiladi.
13. Misrdan qaytganda Fransiyada siyosiy inqiroz kuchayadi va Napoleon o‘n yillik konsul lavozimiga tasdiqlanadi.
14. 1802 yilda u o‘zini umrbod konsul qildiradi, 1804 yilda esa Fransiya imperiyaga aylanib, Napoleon imperator deb e’lon qilinadi.
15. 1805 yil 2 dekabrda Austerlits jangida Rossiya va Avstriyaning birlashgan qo‘shinlarini mag‘lub etadi — bu uning shon-shuhratini yanada oshiradi.

16. Materikda yutib borayotgan Napoleon dengizda Buyuk Britaniyaga yutqazadi va portlarni yopdirib iqtisodiy qamal taktikasini ishga soladi.
17. 1812 yil iyunida Rossiyaga qarshi ulkan yurish boshlaydi: 450 ming askar bilan chegarani kesib o‘tadi, Rossiya tomonda 193 ming askar qatnashadi.
18. Moskva yaqinidagi Borodino jangidan so‘ng Napoleon 14 sentyabrda Moskvaga kiradi; shahar talanadi va keyin yondiriladi.
19. Rossiya yurishi falokatga aylanadi: sovuq, ochlik va ta’minotsizlik sabab 450 mingdan Fransiyaga qaytganda atigi 25 ming askar qolgan bo‘ladi.
20. Napoleon hayotining finali “taxtda” emas: avval Elbaga surgun, keyin Vaterloodan keyin Avliyo Yelena orolida qattiq qo‘riqlov ostida yashaydi va 1821 yil 5 mayda u yerda vafot etadi; 1840 yilda jasadi Parijga ko‘chirib dafn qilinadi.



















