Mashhur gollivud aktyori Bredli Kuper va supermodel Jiji Hadid munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarilayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Aytilishicha, 50 yoshli aktyor 30 yoshli modelga turmush qurish niyatini bildirgan.
Xabar berilishicha, aktyor Hadidning onasi Yolanda Hadiddan turmush qurish uchun rasmiy ruxsat so‘ragan. Shuningdek, u Jiji Hadidning otasi bilan ham suhbatlashgani va ular bu munosabatni qo‘llab-quvvatlayotgani aytilmoqda.
Bradley Cooper va Jiji Hadid ikki yildan ortiq vaqt davomida uchrashib kelmoqda. Ularning nikoh rejalari nafaqat shaxsiy hayotlari, balki oilalari uchun ham muhim voqea bo‘lishi mumkin. Chunki Bradley Cooperning Irina Shaykdan 8 yoshli qizi bor, Jiji Hadid esa Zayn Malikdan bo‘lgan 5 yoshli qizini tarbiyalamoqda.
Shu bilan birga, hozircha yulduzlarning o‘zlari tomonidan turmush qurish haqidagi rasmiy e’lon berilmagan. Xabarlar ichki manbalar va ommaviy axborot vositalarining ma’lumotlariga asoslanadi.


















