Madaniyat va dam olishUmumiy

Layloning sahnadagi “xavfli tryuki” Toshkentni larzaga soldi: “Setora” konserti bir zumda shov-shuvga aylandi

“Setora” guruhi 18–21-dekabr kunlari Toshkentdagi “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida yirik konsert dasturini taqdim etdi. Ammo tomoshabinlar eng ko‘p retro qo‘shiqlarni emas — Layloning sahnadagi xavfli chiqishini muhokama qilyapti!

“Setora” yana sahnada — lekin bu safar gap qo‘shiq haqida emas…

Afsonaviy “Setora” guruhi bir necha kun davom etgan konsertda jonli ijrolar va nostaljik taronalar bilan muxlislarni quvontirdi. Biroq konsertning eng “portlagan” momenti sahnada kutilmaganda yuz berdi.

Eng ko‘p muhokama qilingan lahza: Layloning xavfli tryuki

Konsert davomida guruh a’zosi Laylo sahnada xavfli tryuk bajarib, tomoshabinlar e’tiborini o‘ziga qaratdi. Ushbu chiqish ijtimoiy tarmoqlarda tezda tarqalib, bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.

“Bu oddiy chiqish emas” — Feruza Latipova izoh berdi

Shov-shuv ortidan “Setora” a’zosi Feruza Latipova vaziyatga munosabat bildirdi. Uning aytishicha, Laylo bu chiqishga “shunchaki chiqib” qilmagan — u bunga jiddiy tayyorlangan.

Laylo qanday tayyorlangan?

Feruza Latipovaning so‘zlariga ko‘ra:

Laylo muntazam sport bilan shug‘ullanadi.

Gimnastika bo‘yicha sirk mashg‘ulotlariga qatnab turadi.

Sahna uchun kerak bo‘lgan jismoniy va texnik tayyorgarlikni oshirgan

“O‘zbek estradasida bu — noyob holat”

Feruza Latipova Layloning chiqishini O‘zbek estrada sahnasida kam uchraydigan hodisa sifatida baholadi va qiziqarli taqqoslash ham keltirdi:

“O‘zbek estradasida homilador holatda sahnaga chiqqan birinchi xonanda men bo‘lganman. Laylo esa sahnada tryuk bajargan birinchi xonanda bo‘ldi. Bu oson ish emas. Buning uchun maxsus libos, jismoniy tayyorgarlik va jasorat kerak”.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 132

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *