Madaniyat va dam olishUmumiy

Har 6 oyda davlatini o‘zgartiradigan sirli orol haqida eshitganmisiz?

Yevropada joylashgan kichkinagina bir orol bor — u dunyodagi eng noodatiy hududlardan biridagi orol hisoblanadi. Pheasant Island (Sulun oroli) deb ataladigan ushbu hudud har olti oyda bir marta davlatga qarashliligini o‘zgartiradi. Qizig‘i shundaki, orolga oddiy odamlarning kirishi qat’iyan taqiqlangan.

Mazkur orol Fransiya va Ispaniya chegarasida, Bidasoa daryosi o‘rtasida joylashgan. Orol yilning birinchi yarmida Ispaniyaga, ikkinchi yarmida esa Fransiyaga tegishli bo‘ladi. Aniqroq aytganda, 1-fevraldan 31-iyulgacha Ispaniya, 1-avgustdan 31-yanvargacha esa Fransiya ushbu hududni boshqaradi.

Bu noodatiy tartib 1659-yilda imzolangan Pireneylar tinchlik shartnomasi asosida joriy etilgan bo‘lib, qariyb 350 yildan ortiq vaqt davomida o‘zgarmay kelmoqda. Har olti oyda ikki davlat vakillari o‘rtasida rasmiy marosim o‘tkazilib, orolning boshqaruvi tantanali tarzda topshiriladi.

Pheasant Islandda doimiy aholi yo‘q, infratuzilma mavjud emas va u ekologik hamda diplomatik sabablar tufayli tashrif buyuruvchilar uchun yopiq. Orolni faqat masofadan — Ispaniyaning Irun va Fransiyaning Hendaye shaharlari tomondan kuzatish mumkin.

Maydoni juda kichik bo‘lishiga qaramay, Pheasant Island bugungi kunda ikki davlat o‘rtasidagi tinchlik, kelishuv va hamkorlik ramzi sifatida e’tirof etiladi. Har 6 oyda davlatini “almashtiradigan” bu hudud dunyodagi eng noyob siyosiy-geografik hodisalardan biri bo‘lib qolmoqda.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 132

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *