“Uzuklar hukmdori: Gollumni ovlash” nomli kutilayotgan yangi filmda muxlislarni eng sevimli qahramonlardan — Gendalf va Frodoyana ekranda ko‘rish imkoniborligi haqida ma’lumotlar tarqaldi. Bu haqida taniqli aktyor Ian Makkellen London shahrida o‘tkazilgan “For the Love of Fantasy” fan-tadbirida so‘zlab berdi.
Rejissyorlikni avvalgi filmlarda Gollum obrazini ijro etgan Endi Serkis o‘z zimmasiga olgan bo‘lib, u nafaqat rejissyor, balki Gollum rolida ham qaytadi. Film asosan Gollumning sarguzashtlari va uning ichki kurashi atrofida quriladi, shu bilan birga syujetga Gendalf va Frodo kabi tanish obrazlar ham kiritilishi kutilmoqda.
Makkellen muxlislar oldida shuni aytdiki, yangi film kastingida Frodo va Gendalf nomlari mavjud, garchi u bu rollarni aynan kim ijro etishini ochiqlamagan.
Suratga olish ishlari 2026-yil may oyida Yangi Zelandiyada boshlanishi rejalashtirilgan va filmning premyerasi 2027-yil 17-dekabrga belgilangan.


















