Xonanda Munisa Rizayeva muxlislarini tashvishga solgan xabar bilan o‘rtoqlashdi. U ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida turmush o‘rtog‘i Dubay shahrida to‘satdan sog‘lig‘i yomonlashib, shifoxonaga yotqizilganini ma’lum qildi.
Munisaning yozishicha, begona yurtda bunday holatga duch kelish ular uchun nihoyatda og‘ir kechmoqda. Xonanda tun bo‘yi turmush o‘rtog‘i yonida bo‘lganini, bu vaziyat ruhiy jihatdan juda qiyinligini yashirmagan.
“Boshqa mamlakatda bo‘lganingda bunday sinovlar yanada og‘ir tuyular ekan… Ilohim, hamma sog‘ bo‘lsin,” — deya yozadi u.
Mazkur xabardan so‘ng Munisa Rizayevaning muxlislari va obunachilari izohlarda qo‘llab-quvvatlov so‘zlari va ezgu tilaklarini yo‘llamoqda. Barchaning umidi — Arseniy tez orada sog‘ayib, oilasi bag‘riga qaytishi.


















