Madaniyat va dam olishUmumiy

Nebahat Chehre: “Muhtasham yuz yil”dagi o‘sha sahnani yillar davomida ko‘ra olmadim

Turk kinosi va seriallarining afsonaviy aktrisalaridan biri Nebahat Chehre mashhur “Muhtasham yuz yil” serialidagi eng ta’sirli sahnalardan biri haqida samimiy e’tirof qildi.

 Volida Sulton obrazini ijro etgan aktrisa serialdagi o‘lim sahnasini yillar davomida tomosha qila olmaganini aytdi.

 Aktrisa teleko‘rsatuvlardan birida mehmon bo‘lib, shunday dedi:

“Men o‘sha sahnani hech qachon ko‘rmaganman. O‘lim mavzusi meni juda qo‘rqitadi. Shu sababli yillar davomida undan qochib yurdim.”

Nebahat Chehrening aytishicha, bu qo‘rquv tasodifiy emas. U onasining vafotidan so‘ng uni so‘nggi bor ko‘ra olmaganini eslab, o‘lim bilan bog‘liq sahnalar unga juda og‘ir ta’sir qilishini tan oldi. Aktrisa hatto qabristonga borish ham uning uchun hanuz qiyin ekanini yashirmadi.

Qizig‘i shundaki, Chehre o‘sha sahnani ilk bor aynan dastur davomida, boshlovchining iltimosi bilan tomosha qilgan. Aktrisaning yuzidagi hissiyotlar tomoshabinlarni ham befarq qoldirmagan.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 132

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *