Madaniyat va dam olishUmumiy

Ariana Grande 8 yildan so‘ng vafot etgan sobiq sevgilisi haqida ilk bor ochiq gapirdi

Mashhur qo‘shiqchi Ariana Grande 8 yil avval giyohvand moddalarni haddan tashqari iste’mol qilish oqibatida vafot etgan sobiq sevgilisi — reper Mak Miller haqida kamyob va samimiy izoh berdi.

San’atkoraning aytishicha, bu fojea uning hayotida chuqur ruhiy zarba bo‘lgan. Shu sababli u uzoq vaqt davomida bu mavzudan qasddan chetlab o‘tgan va omma oldida izoh berishni istamagan. Grande uchun yo‘qotish alamini yengish oson bo‘lmagan va bu dard unga Mak haqida ochiq gapirishga imkon bermagan.

The Hollywood Reporter nashriga bergan intervyusida Ariana shunday deydi:

“Men bu haqda hech qachon ochiq gapirmaganman. Aslida, siz Mak deb bilgan Malkolm meni o‘zim bo‘lishga undagan inson edi. U niqoblarni yechish, tabiiy soch rangimni qabul qilish, R&B ohanglari bilan pop musiqa yaratish va o‘tmishdan ajralib, jasur qarorlar qabul qilish mutlaqo normal ekanini aytgan.”

Eslatib o‘tamiz, Ariana Grande va Mak Miller o‘rtasidagi munosabatlar 2016-yilda boshlangan. 2018-yil bahorida juftlik ajrashganini e’lon qilgan, o‘sha yilning kuzida esa musiqachining bevaqt vafoti haqidagi xabar butun dunyoni larzaga solgandi.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 132

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *