Legendarniy aktyor va kaskadyor Jeki Chan 71 yoshga to’lishiga qaramay, aktyorlikdan ketishni umuman o‘ylamayapti. U yaqinda Haute Living jurnali bilan bo‘lgan fotosessiya va suhbatda o‘zining kino va harakat sahnalari bilan shu qadar bog‘liqligini yana bir bor namoyon etdi.
Chan intervyuda aytishicha, u har doimgidek o‘z kaskadyorlik sahnalarini o‘zi bajaradi va bu uning professional hayotining ajralmas qismiga aylangan. U nafaqaga chiqish haqida hech qanday rejaga ega emas: bu eng avvalo uning hayoti va ishi ekanini ta’kidladi.
Ma’lum bo‘lishicha, u 60 yildan ortiq vaqt davomida kino sanoatida faol faoliyat yuritib, ko‘plab jarohatlar va qiyinchiliklarni boshdan kechirgan bo‘lsa-da, jismoniy tayyorgarligini yuqori darajada saqlab kelmoqda.
Shuningdek, Jeki Chan zamonaviy filmlarda kompyuter grafikasi keng qo‘llanilayotganini tan olgan holda, jonli va haqiqiy kaskadyorlik sahnalari tomoshabinlar uchun hanuz muhimligini aytdi.


















