O‘zbek estradasining yorqin yulduzi Munisa Rizayeva bu safar muxlislarini nafaqat qo‘shiqlari, balki o‘ziga xos kiyinish uslubi bilan hayratda qoldirdi.
Xonanda yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan yangi kadrlar ostida, uning uslubi doimiy emas — kayfiyatiga, ruhiyatiga va o‘zgaruvchan his-tuyg‘ulariga qarab shakllanadi.

Munisa o‘ziga turli obrazlarni sinashdan cho‘chimaydi va bu jarayonni hech kimga izohlashni shart deb bilmaydi. Uning fikricha, haqiqiy erkinlik shunda paydo bo‘ladi: har bir libos, har bir detal xonandaning bugungi kayfiyatini aks ettiradi.

Muxlislar Munisaning bu ijodiy yondashuvini iliq kutib olishgan va uni ijtimoiy tarmoqdagi yangilanishlarini intiqlik bilan kuzatib borishmoqda.


















