“Hayvonlar shahri 2” animatsion filmi rasman Gollivud tarixidagi eng katta kassaviy daromadga ega animatsion loyiha sifatida e’tirof etildi. Film o‘z ko‘rsatkichlari bilan “Boshqotirma 2”ni ortda qoldirib, barcha multfilmlar orasida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.
Shu bilan birga, animatsiya janrida jahon bo‘yicha mutlaq yetakchi hanuzgacha Xitoyda suratga olingan “Nechja Ajdarlar Podshosini mag‘lub etdi” nomli fantaziya filmi bo‘lib qolmoqda. Ushbu loyiha 2,2 milliard dollarlik rekord daromad bilan animatsion filmlar tarixida birinchi o‘rinni egallab turibdi. “Zveropolis 2” esa 1,703 milliard dollar miqdorida daromad to‘plagan.


















