Finlyandiyada yashovchi erkak uy mushugi vafot etgani sabab og‘ir ruhiy holatga tushib, shifokor ko‘rigidan so‘ng mehnatga layoqatsizlik varaqasi oldi.
Biroq ish beruvchi bu sababni asosli deb hisoblamay, uni ishga qaytishga majbur qilgan. Erkak ishga chiqmagani uchun ruxsatsiz qolgan sifatida ishdan bo‘shatilgan.
Shundan so‘ng u sudga murojaat qilgan. Sud esa ishchining foydasiga qaror chiqardi va ish beruvchini 40 ming yevrodan ortiq kompensatsiya to‘lashga majbur qildi.
Afsuski, erkak sud qarori e’lon qilinishidan oldin vafot etgan. Sud tovon puli uning merosxo‘rlariga berilishini belgiladi. Ushbu holat Finlyandiyada mehnat huquqlari bilan bog‘liq bahsli va noodatiy voqealardan biri sifatida tilga olinmoqda.


















