Avrora Kiba xonanda Grigoriy Leps bilan munosabatlari yakuniga yetgani haqidagi xabarga izoh berdi. Qiz ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida san’atkor bilan tushgan oq-qora suratni joylab, ularning romantik munosabatlari tugaganini rasman tasdiqladi.
Avroraning yozishicha, u turli mish-mish va yolg‘on taxminlardan oldinroq o‘z pozitsiyasini ochiq aytishga qaror qilgan:

“Mish-mishlar, gap-so‘zlar va yolg‘on taxminlardan oldin shuni aytmoqchiman: biz endi rasmiy ravishda juftlik emasmiz. Birga bo‘lgan vaqtimizda juda ko‘p iliq, samimiy va yaxshi lahzalar bo‘ldi. Bu hikoya minnatdorlik va o‘zaro hurmat bilan yakunlanmoqda. Hech qanday drama yo‘q. Biz har doim bir-birimiz uchun yaqin inson bo‘lib qolamiz, ammo endi har kim o‘z yo‘li bilan oldinga intilishga tayyor.” Avrora Kibaning bu bayonoti ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. U ajralishni tinch va hurmat asosida qabul qilganini alohida ta’kidladi


















