🥉 10-o‘rin — Soliq
📢 “Soliqni vaqtida to‘laaa!”
Bu ilova telefoningizda bo‘lsa, demak siz mas’uliyatli fuqarosiz 😎
Ochilishi bilan kayfiyat biroz tushadi lekin kerakli ilova — bahslashishga kerak yo‘q.

📞 9-o‘rin — imo
👵 “Bolam, ovozingni eshitay…”
Chet eldagi qarindoshlar, uzoq suhbatlar va past internetda ham ishlashi bilan mashhur.
Dizayni eski lekin yuragi katta ❤️

✉️ 8-o‘rin — Telegram
📨 Kanal, guruh, bot, biznes, dars, mem — hammasi bitta joyda!
O‘zbekistonda Telegram — shunchaki messenjer emas hayot tarzi 😄

📸 7-o‘rin — Instagram🤳 “Story qo‘ydingmi?”
Reels, savdo, blogerlik va “like” uchun kurash. Internet bo‘lsa — Instagram ham bor 📶✨

🎬 6-o‘rin — CapCut
✂️ “Bitta video qilib ko‘raman” → 3 soat o‘tib ketadi
TikTokchilar, Reels ustalari va montajchilar uchun №1 qurol 🔥

🛒 5-o‘rin — Uzum Market
💸 “Faqat qarab chiqaman” → buyurtma berildi
Uzum Market va Uzum Bank 2025-yilda hamyonni bo‘shatishda davom etdi 😅

🏛️ 4-o‘rin — MyGov
📄 Davlat xizmatlariga borish shart emas!
Navbat yo‘q, qog‘oz kamroq, asablar kamroq buziladi— mana raqamli qulaylik 👍

🚔 3-o‘rin — Mening Inspektorim
🚦 Yo‘l-yo‘lakay tartibni sevuvchilar ilovasi
Kimdir yoqtirmaydi, kimdir “zo‘r” deydi — lekin yuklab olishlar ko‘p 😄

🎥 2-o‘rin — JanaTube
🍿 Video ko‘raman deganlar uchun yangi maydon. Tez ommalashdi, ayniqsa yoshlar orasida 📈

🏆 1-O‘RIN — ChatGPT
🤖 “Buni tushuntirib ber”
🤖 “Yozib ber”
🤖 “Reja tuz”
2025-yil qiroli 🥇 O‘qish, ish, kontent, hatto hazil — hammasida yordamchi.
Telefonlar ichida eng aqlli mehmon 🧠✨


















