Madaniyat va dam olish

Notalar qayerda va qanday paydo bo‘lgan haqida bilarmidingiz?

Musiqa bugun butun dunyoda tushuniladigan universal til hisoblanadi. Ammo bu tilni o‘qish va yozish imkonini beradigan nota tizimi aniq bir hududda va aniq bir tarixiy sharoitda paydo bo‘lganini ko‘pchilik bilavermaydi.Bugun foydalanilayotgan do–re–mi–fa–sol–lya–si nota nomlari o‘z ildiziga XI asr O‘rta asr Italiyasida ega.

 Mazkur tizim Arezzo shahrida yashab ijod qilgan benedikt rohibi va musiqa nazariyotchisi Guido d’Arezzo nomi bilan bog‘liq. U cherkov xorlarida musiqa o‘rganish jarayoni juda sekin va murakkab ekanini ko‘rib, uni soddalashtirish yo‘lini izlagan.

Guido mashhur lotincha diniy madhiyadan ilhomlanib, har bir misrasi balandroq tovush bilan boshlanadigan kuyni tahlil qiladi. Natijada u qo‘shiq misralarining birinchi bo‘g‘inlaridan foydalanib, Ut–Re–Mi–Fa–Sol–La nomli nota tizimini yaratadi.

Keyinchalik:

Ut notasi talaffuz qulayligi sabab Do ga o‘zgartirilgan

Si notasi esa keyinroq tizimga qo‘shilgan

Shu tariqa bugungi 7 notali tizim shakllangan.

Guido d’Arezzo shuningdek notalarni maxsus chiziqlarda joylashtirish g‘oyasini ham joriy etgan. Bu esa musiqani eshitib emas, ko‘rib o‘rganish imkonini bergan.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 92

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *