Kecha, 28-yanvar kuni mamlakatimiz madaniyat va sanʼat sohasidagi eng nufuzli tadbirlardan biri — “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” madaniyat va sanʼat milliy mukofoti gʻoliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur mukofot yil davomida sanʼat, ijod va madaniyat rivojiga munosib hissa qo‘shgan ijodkorlarni rag‘batlantirishga qaratilgan bo‘lib, bu yil ham eng munosib nomzodlar eʼtirof etildi.
Yilning eng yaxshi estrada ayol xonandasi nominatsiyasida
Dilnoza Hakimova — “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi g‘olib deb topildi.

Yilning eng yaxshi estrada erkak xonandasi nominatsiyasi
G‘aybulla Tursunov — “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasiga nasib etdi.

Yilning eng yaxshi raqqosasi deb
Komila Ibroximova — “Tumor” raqs ansambli raqqosasi eʼtirof etildi.

Yilning eng yaxshi qiziqchisi nominatsiyasi bo‘yicha
Elmurod Haqnazarov — dizayn guruhi a’zosi, erkin ijodkor g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Yilning eng yaxshi filmi sifatida
“Amaliyotchi qiz” kartinasi tanlandi.

Taqdirlash marosimi madaniyat va sanʼat vakillari, jamoatchilik faollari hamda ijodkorlar ishtirokida o‘tkazilib, sanʼat ahliga yuksak eʼtirof va ehtirom namoyon etiladi.


















