O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova Instagram’dagi suhbatida san’at va ijod haqida samimiy fikrlar bilan o‘rtoqlashdi. Xonandaning ta’kidlashicha, haqiqiy san’atkor bo‘lish uchun nafaqat ovoz, balki insonning ichki dard va hayotiy kechinmalari zarur.
Suhbat davomida Usmonova ijodkorlikni faqat ovoz bilan cheklab bo‘lmasligini aytib o‘tdi: “Ovoz hammada bo‘lishi mumkin, hatto eshakda ham ovoz bor. Lekin san’atkor bo‘lish uchun eng avvalo dard kerak”, — dedi u.
Xonanda shuningdek san’at yo‘lida qat’iyatli bo‘lish va sahnaga chiqqanida butun qalb bilan ijro etish muhimligini ta’kidladi.


















